Tojikistonga 35 mamlakat fuqarolarining kirishi taqiqlandi

Tojikiston hukumati butun dunyoda koronavirus tarqalib borayotganini hisobga olib, 35 mamlakat fuqarolarining Tojikistonga kirishini taqiqladi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
Mamlakat fuqaro aviatsiyasi agentligi tegishli telegrammani mahalliy va xalqaro aviakompaniyalarga yo‘llagan.
«Unda Tojikistonga uchayotgan aviakompaniyalardan ro‘yxatdagi 35 mamlakat fuqarolarini o‘z bortiga olmaslik so‘ralgan, qolaversa, shu mazmundagi telegramma sayyohlik kompaniyalariga ham yo‘llandi», — dedi Fuqaro aviatsiyasi agentligi rahbari o‘rinbosari Aziz Nabizoda.
Nabizodaning ta’kidlashicha, ushbu choradan maqsad koronavirus tarqalishining oldini olish, Tojikiston fuqarolari salomatligi va xavfsizligini ta’minlashdir.
Tojikistonga fuqarolari kirishlari vaqtinchalik taqiqlangan mamlakatlar quyidagilar: XXR, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vetnam, Singapur, Avstraliya, Malayziya, Kambodja, Filippin, Tailand, Nepal, Shri-Lanka, Hindiston, Finlyandiya, Italiya, Britaniya, Ispaniya, Shvetsiya, Belgiya, Isroil, Avstriya, Xorvatiya, Shveysariya, AQSh, Kanada, BAA, Misr, Eron, Livan, Kuvayt, Bahrayn, O‘mon, Afg‘oniston, Iroq va Jazoir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter