Tokayev Qozog‘istonda prezidentlik saylovlari qachon o‘tkazilishini ma’lum qildi
9-aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev xalqqa murojaati chog‘ida joriy yilning 9-iyun kuni prezidentlik saylovlari bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
Joriy yilning 19-martida Nursulton Nazarboyev vakolatlarini topshirgach, Tokayev mamlakat rahbarligiga kelgan edi.
Qozog‘iston qonunlariga ko‘ra, navbatdan tashqari saylov muddatini prezident belgilaydi va u ikki oy muddat ichida o‘tkaziladi. Prezident 5 yil muddatga saylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter