To‘qayev rasman keyingi 7 yilga Qozog‘iston prezidenti bo‘ldi

Ostonada 26 noyabr kuni ertalab bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida Qosim-Jo‘mart To‘qayev qasamyod qabul qildi va rasman ikkinchi muddatga Qozog‘istonning yetti yilga qaytadan davlat rahbari etib saylandi.
«Qozog‘iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining o‘zimga yuklangan yuksak burchlarini vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman», – deydi Qozog‘iston prezidenti.
Tantanali marosim Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, hukumat a’zolari va parlament deputatlari, diplomatlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 20 noyabr kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovda To‘qayev 81,31 foiz ovoz to‘pladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter