Toliblar kalta ishtonda futbol o‘ynashni taqiqladi

Afg‘onistonning G‘azni viloyatida «Tolibon» harakati vakillari ko‘plab sport turlarini o‘tkazish va shug‘ullanish bo‘yicha yangi taqiqlar o‘rnatgan.
Mahalliy nashrlarning xabariga ko‘ra, musobaqa va mashg‘ulotlar paytida kalta ishtonda futbol o‘ynash taqiqlangan. Shuningdek, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga sportning barcha turlari bilan shug‘ullanish man etilgan.
Bundan tashqari, kurashchilarga faqat tik turgan holatda kurash tushish tavsiya qilingan. Parter holatida kurashish taqiqlangan.
Ma’lumot uchun, kurashda parter — sportchilardan biri kurashni yonbosh, orqa yoki ko‘kragi bilan yotgan holda boshlashi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter