«Tolibon» harakati asosiy hamkori qaysi mamlakat ekanini ochiqladi

«Tolibon» harakati vakili Mujohid harbiy harakatlardan so‘ng Afg‘onistonni tiklash masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda «Intefaks» xabar berdi.
Mujohidga ko‘ra, «Tolibon» harakatiga Pekin yordam (jumladan, moliyaviy yordam) qo‘lini cho‘zadi.
«Xitoy biz uchun fundamental va istisnosiz imkoniyat degani, chunki mamlakatimizga sarmoya kiritmoqchi», — dedi o‘z bayonotida Mujohid.
Harbiy harakatlar tugaganidan so‘ng Pekin Afg‘onistonni tiklashda radikallarga ko‘maklashadi. «Milliy yangiliklar xizmati» tarqatgan xabarga ko‘ra, toliblar tog‘-kon sanoati va mis konlarini tiklashda XXRning madadini kutishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter