Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» ilk bor ikki ayolni rahbarlik lavozimiga tayinladi

«Tolibon» ilk bor ikki ayolni rahbarlik lavozimiga tayinladi

«Tolibon» Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan keyin birinchi marta ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayinlaganini e’lon qildi. Bu haqda Lenta.ru yozmoqda.

Axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohidning aniqlik kiritishicha, hozircha gap faqat sog‘liqni saqlash sohasi haqida ketmoqda.

Muvaqqat Vazirlar Mahkamasi rahbarining buyrug‘i bilan doktor Malalai Rahim Afg‘onistondagi yagona akusherlik va ginekologiya muassasasi bo‘lgan Kobuldagi «Malalay» ixtisoslashtirilgan tug‘ruqxonasi direktori etib tayinlandi. Doktor Aryan esa Kobulning Shahrora kvartalidagi ginekologik klinikaga direktor etib tayinlangan.

Harakat vakillari o‘z huquq va erkinliklarini, lekin shariat doirasida ta’minlashga va’da bermoqda.

Hozirgacha «Tolibon» ayollarga hijobda ishlash va o‘qish borishga ruxsat bergan. Ammo ularga erkaklar hamrohligisiz uzoq masofalarga sayohat qilish va sport bilan shug‘ullanish taqiqlangan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring