Tolibon IShIDning ikki a’zosini osib o‘ldirgani aytilmoqda
Afg‘onistonning Pajhwok axborot agentligi Tolibon vakillari tomonidan IShID bilan hamkorlikda ayblangan ikki kishini qatl etilgani haqida xabar berdi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, jangarilar deb taxmin qilingan ikki shaxs «Jalolobodda toliblar tarafdorlari tomonidan osilgan».
Bir kun avval Nangarxar ma’muriy markazida to‘rt kishi, jumladan, jurnalist o‘ldirilgandi. Mahalliy aholi hujumga IShID jangarilari javobgar deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter