Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» O‘zbekistondan harbiy uchoqlarini qaytarishni so‘rayapti

«Tolibon» O‘zbekistondan harbiy uchoqlarini qaytarishni so‘rayapti

«Tolibon» hukumatining Mudofaa vazirligi 3,5 yil muqaddam Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga qochib o‘tgan harbiy texnikalarni qaytarishni so‘ramoqda.

Bayonotda, jumladan, joriy yil 4 fevral kuni  «Amerika ovozi» nashri ma’lum qilgan 7 ta vertolyotning O‘zbekistondan AQShga o‘tkazilganiga oid xabarga ham munosabat bildiriladi. 

«Islom Amirligi bu masaladan xavotirda, chunki bu vertolyotlar Afg‘onistonga tegishli bo‘lib, avvalgi ma’muriyat amaldorlari qochib ketganidan keyin O‘zbekistonga olib o‘tilgan, shuning uchun ularni Afg‘onistonga qaytarish kerak.

Bu vertolyotlarning har qanday sababga ko‘ra AQShga o‘tkazilishi biz uchun qabul qilinishi mumkin emas», – deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, Afg‘oniston xalqi o‘z huquqlarini himoya qilish va so‘roq qilish huquqiga ega ekanligi hamda qo‘shni davlatlar ham afg‘onlarning haq-huquqlarini hurmat qilishi kerakligini ta’kidlaydi.

«Biz AQShdan ushbu vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishda to‘siqlarni kuchaytirmaslikni, aksincha ularni afg‘onlarga topshirishlarini talab qilamiz», – deyiladi «Tolibon» hukumatining Mudofaa vazirligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning avgust oyida afg‘on harbiylari tomonidan O‘zbekiston hududiga Embraer EMB 314 Super Tucano va Pilatus PC-12 rusumdagi 22 ta harbiy samolyot va UH-60 Black Hawk, MD-530 va Mi-17 rusumdagi 24 ta vertolyot olib o‘tilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring