Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» vakillari Afg‘oniston hukumati bilan muzokaraga rozi bo‘ldi

«Tolibon» vakillari Afg‘oniston hukumati bilan muzokaraga rozi bo‘ldi

Foto:«Sputnik»

«Tolibon» harakati 7-8-iyul kunlari Qatarda Afg‘oniston hukumati vakillari ishtirokidagi muzokaralarga oltmish kishilik delegatsiyasini yuboradi. Bu haqda «Afganistan.Ru» nashriga tayanib, «Azon.uz» xabar bermoqda.

Uchrashuvda o‘q otishni to‘xtatish va Afg‘oniston konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish muhokama etilishi kutilmoqda. Shuningdek, xorijiy qo‘shinlarning olib chiqilishi hamda rasmiy Kobul va toliblar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot masalalari ko‘rib chiqiladi.

Toliblarning Afg‘oniston hukumati vakillari bilan uchrashish ehtimoli ko‘pdan beri aytib kelinadi, biroq «Tolibon» buni har doim rad etib kelgan. Toliblar bunday muzokaralar faqatgina xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi aniqlashgandan keyingina o‘tkazilishini maqsadga muvofiq deb hisoblagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring