Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» yana hujum uyushtirdi

«Tolibon» yana hujum uyushtirdi

Foto: «Sabah»

«Tolibon» jangarilari Afg‘onistonning shimoli-g‘arbidagi Tahor viloyatining Chohob tumanidagi politsiya uchastkasiga uyushtirgan hujum oqibatida 16 nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Tahor viloyati hokimligi matbuot kotibi Sunnatulloh Temurning aytishicha, jangarilar Chohob tumanining Yetimtepa qishlog‘ida joylashgan politsiya uchastkasiga hujum uyushtirgan. 16 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 6 nafar politsiyachining esa taqdiri noma’lum bo‘lib turibdi.

«Tolibon» 4 ta politsiya uchastkasini o‘z nazoratiga olganini aytmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring