Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tolibonlar ayollarga yangi talablar qo‘ydi

Tolibonlar ayollarga yangi talablar qo‘ydi

Foto: «Blvnsbeauty.com»

«Tolibon» harakati xususiy universitet va kollejlarda o‘qiyotgan ayollarga ta’lim muassasalariga niqobsiz (faqat ko‘z qismi ochiq bo‘lgan bosh kiyim) borishni taqiqladi. «Interfaks» tolibonlarning yangi talablari haqida ma’lum qildi.

O‘zgarishlar nafaqat kiyim-kechak, balki butun bir ta’lim tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, ayollar va erkaklar uchun darslar alohida o‘tkaziladi. Tolibonlar har xil jinsdagi talabalardan darslar o‘rtasida hamda maktabga kirish va chiqish vaqtida kesishmaslikni talab qilgan. Talaba qizlar uchun ma’ruzalar va seminarlar o‘qituvchi ayollar yoki «xulq-atvori yaxshi bo‘lgan» keksa erkaklar tomonidan olib borilishi zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring