To‘qayev 20 millioninchi qozog‘istonlik tug‘ilganini ma’lum qildi
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev vatandoshlarini tabrikladi. 2023 yilning 16 noyabr kuni prezident 20 millioninchi qozog‘istonlik tug‘ilganini ma’lum qildi.
«Yurtdoshlarimni ushbu muhim voqea bilan tabriklayman! Baxtli oila - millat farovonligi, yurt barqaror taraqqiyoti poydevori. Davlat bundan buyon ham oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi ishlarni davom ettiradi», —deb yozdi Qosim-Jo‘mart To‘qayev X.dagi sahifasida.
Milliy statistika byurosi Qozog‘iston aholisi 12 yil ichida – 2009-2021 yillarda 20 foizga o‘sganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter