Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev: «Bu – tarixiy shartnoma, ulkan yutuq»

To‘qayev: «Bu – tarixiy shartnoma, ulkan yutuq»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston o‘rtasida chegaraga oid shartnoma imzolanganiga munosabat bildirdi

“Yaqinda Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston ko‘p yillardan beri hal etilmagan chegara masalasi bo‘yicha mushtarak to‘xtamga keldi. Biz tarixiy shartnoma imzolanishini ulkan yutuq deb baholaymiz. Biz hamisha xayrixoh-ko‘makchi bo‘lgan qardosh davlatlar uchun xursandmiz. Hozirgi beqaror davrda birlik va o‘zaro murosa, shubhasiz, alohida qadr-qimmat kasb etmoqda. Tinchlik va barqarorlik faqat taqdir tuhfasi emas. Bu bizning birdamligimiz va mushtarak sa’y-harakatlarimiz mahsuli hamdir”, – dedi prezident Q.To‘qayev Qozog‘iston xalqi assambleyasining XXXІV sessiyasidagi nutqida.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 31 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov Xo‘jand shahrida uchrashishdi.

Oliy darajadagi mashvarat yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzolandi hamda uch davlat rahbarlarining qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring