Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev mamlakat suverenitetini muhofaza qilish haqida gapirdi

To‘qayev mamlakat suverenitetini muhofaza qilish haqida gapirdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat xalqini suverenitetni muhofaza qilish yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishga chaqirdi.

25-oktyabr – Respublika kuni bayrami marosimida gapirgan siyosatchi hurriyatni saqlashning mushkulligini ta’kidlagan.

«Misli ko‘rilmagan yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan davrda biz mamlakatni izchil taraqqiy ettirish choralarni davom ettirgan holda, dunyoga kelajakka intilgan katta va yagona qozoq oilasi namunasini ko‘rsatishimiz kerak. Suverenitetga erishish oson emas, ammo uni saqlab qolish yanada mushkuldir. Mamlakat mustaqilligi barcha narsadan ustun turadi va uning mustahkamlash butun millatning burchidir. Biz muttasil mehnatimiz va mustahkam birligimiz orqali har kun, har soat suverenitet muhofazasiga shay bo‘lishmiz kerak», – degan Qozog‘iston prezidenti.

Q.To‘qayev 33 yil avval davlat suverenitetiga oid deklaratsiyaning qabul qilinishini tarixiy adolat tantanasi deb atagan.

U, shuningdek, demografik dolg‘alar yengib o‘tilgani, aholining o‘rtacha umr ko‘rsatkichi 74,4 yoshga yetganini  muhim yutuq deb baholagan.

«Biz 90-yillarning demografik dolg‘alarini yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldik. U kezlar Qozog‘iston aholisi shiddat bilan kamayib borayotgan edi. Yaqinda fuqarolarimiz soni 20 millionga yetadi. Bu mamlakatimiz taraqqiyoti, odamlarimizning ertangi kuni va farzandlari kelajagiga ishonchi mustahkamligidan dalolat beradi», – degan Q.To‘qayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring