Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev mustaqillikni himoya qilishni muqaddas burch deb atadi

To‘qayev mustaqillikni himoya qilishni muqaddas burch deb atadi

16 dekabr Qozog‘istonda Mustaqillik kuni sifatida bayram qilinadi. Ushbu muhim sana munosabati bilan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat xalqiga tabrik yo‘lladi.

«Bu bayram – xalqimizning mustahkam birdamligi ramzidir. Mustaqillik kuni Qozog‘istonning ozodligi hamda yangi tarixiy shart-sharoitda erkin taraqqiy qilishini aks ettiradi. Ushbu qutlug‘ kunda biz ota-bobolarimizning ozod davlat orzusini ro‘yobga chiqarishga beqiyos hissa qo‘shgan milliy qahramonlar ruhiga hurmat bajo keltiramiz», – deyiladi qutlovda.

Ta’kidlanishicha, mustaqillik tufayli Qozog‘iston uchun taraqqiyotning yangi ufqlari ochildi, mamlakat xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli sub’yektiga ayladi.

«Mustaqillik hamma narsadan ustun! Mustaqillikni muvaffaqiyatli va farovon davlat tayanchi sanalgan qadriyat sifatida asrab-avaylash va bor kuchimiz bilan himoya qilish ota-bobolarimiz va kelajak avlod oldidagi muqaddas burchimizdir», – deydi Q.To‘qayev.

Qozog‘iston rahbariga ko‘ra, Ostona o‘z strategik yo‘nalishidan og‘ishmagan holda davlatchilik an’analarini izchil rivojlantiradi. Hammaga teng imkoniyatlar tuhfa etadigan, farovonlikka yo‘l ochadigan Adolatli Qozog‘istonni barpo etish yo‘lida barcha choralar ko‘riladi. Mamlakat ushbu ezgu marraga yetishda birlik, barqarorlik, qonun ustuvorligi, mas’uliyat, bilim va mehnatsevarlik kabi qadriyatlarga tayanadi.

Qozog‘iston Mustaqilligi kuni  (Tәuyelsіzdіk kүnі) davlat bayrami sanaladi. 1991 yil 16 dekabrda «Qozog‘iston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan va mamlakat suveren taraqqiyot yo‘lini tanlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring