Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev «Nur Otan» partiyasi nomi o‘zgartirish taklifini ma’qulladi

To‘qayev «Nur Otan» partiyasi nomi o‘zgartirish taklifini ma’qulladi

Qozog‘istonning «Nur Otan» partiyasi nomini «Amanat» deb o‘zgartirish taklif qilindi. Bu haqda Tengrinews.kz ma’lum qilmoqda.

Bu taklifni partiyaning navbatdan tashqari yig‘ilishida parlament majlisi raisi Yerlan Koshanov bildirgan.

«Partiyamiz mamlakatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar markazida turibdi. Ochig‘ini aytganda, mamlakat bilan birga partiya ham yangilanishi kerak. Tashkilot faoliyatini yangicha mazmun bilan to‘ldirish uchun zarur o‘zgarishlarni amalga oshirish kerak.

Shu munosabat bilan partiyaning tabiati va nomini o‘zgartirishni to‘g‘ri deb bilamiz. Biz Qozog‘istonning hukmron partiyasini ajdodlarimizga hurmat sifatida «Amanat» deb atash kerak, deb hisoblaymiz. Partiya nomini bugungi qurultoyda «Amanat» deb o‘zgartirishni taklif qilamiz» — degan Koshanov.

«Nur Otan» partiyasi raisi Qosim-Jo‘mart To‘qayev partiya nomini o‘zgartirish taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida siyosiy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida Nursulton Nazarboyev «Nur Otan» partiyasi raisi vakolatlarini topshirishga qaror qilgan edi. U partiyani mamlakat prezidenti boshqarishi kerakligini aytib o‘tgandi. 28-yanvar kuni To‘qayev «Nur Otan» partiyasi raisi etib saylangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring