Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev Orolni qutqarishga ko‘proq mablag‘ ajratishga chaqirdi

To‘qayev Orolni qutqarishga ko‘proq mablag‘ ajratishga chaqirdi

Foto: Akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev dunyo hamjamiyatini Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga ko‘proq mablag‘ ajratishga da’vat qildi. Bu masalani u Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida so‘zlagan nutqida ko‘targan.

Qozog‘iston yetakchisi Markaziy Osiyoda havo haroratining ko‘tarilishi jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan.

«Biz xalqaro hamjamiyat iqlimga doir dasturlarni moliyalashtirishni oshirish bo‘yicha majburiyatlarini kengaytiradi, deb umid qilamiz. Ammo moliyalashtirish bu yo‘ldagi to‘siqlardan biri, xolos. Agar 2050 yilda global harorat ko‘tarilishini 1,5 darajagacha cheklashga muvaffaq bo‘lgan taqdirimizda ham, Markaziy Osiyo mamlakatlari baribir havo haroratining 2,5 darajagacha ko‘tarilishi muammosiga ro‘baro‘ keladi. Bu esa suv tanqisligi, kuchli jazirama, cho‘llanish va ekstremal gidrologik hodisalarga doyalik qiladi. Binobarin, moslashish muqarrar va muhimdir», – deydi Q.To‘qayev.

Siyosatchiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda iqlim muhofazasiga yanada jiddiy ahamiyat qaratish maqsadida 2026 yilda Qozog‘istonda BMT shafeligida mintaqaviy iqlim sammiti o‘tkaziladi.

Avval xabar berganimizdek, Dubayda o‘tayotgan nufuzli mashvaratda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham nutq so‘zlab, mamlakat  iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha umumbashariy g‘oyalarga sodiq ekanini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring