Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev: Qozog‘iston Donbass respublikalarini tan olmaydi

To‘qayev: Qozog‘iston Donbass respublikalarini tan olmaydi

Foto: RBK

Peterburg xalqaro forumida rossiyalik targ‘ibotchi Margarita Simonyan Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart-To‘qayevdan uning mamlakati Donbass respublikalari mustaqilligini tan olishi imkoniyatlarini so‘radi. Bu haqda BBC yozdi.

«Agar hamma millatga o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi berilganida, hozir jahonda 193 ta o‘rniga 500-600 ta davlat bo‘lardi. Shu sababli ham biz Tayvan, Kosovo, Janubiy Osetiya yoinki Abxaziyani tan olmaymiz. Xuddi shu tamoyil, bizning nazarimizda kvazidavlat hududlar hisoblangan Donetsk va Luganskka ham tegishli», — dedi To‘qayev.

Qolaversa, To‘qayev Qozog‘iston Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga ham e’tiroz bildirmasligini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring