To‘qayev Qozog‘istonda oligarxik kapitalizm davri yakunlanayotganini e’lon qildi

Qozog‘iston davlati mamlakatdagi bara yirik kompaniyalar faoliyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev 5 oktyabr kuni Qarag‘anda viloyati jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvda gapirdi.
«Biz kapitalning chet elga noqonuniy chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Turli ijtimoiy dasturlarning amalga oshirilishini kuzatib boramiz», – dedi u.
Qozog‘iston yetakchisi mamlakatda oligarxlar kapitalizmi davri poyoniga yetayotganini ham ta’kidlagan.
«Soliq to‘lovlari jiddiy nazoratda bo‘ladi. Agar yirik sanoat korxonalari talablarga rioya etmasa, ular bilan hamkorlikni to‘xtatishga majbur bo‘lamiz. Buni aslo tahdid deb qabul qilmaslik kerak. Bu – madaniy dunyoda umum e’tirof etilgan odatiy, halol va adolatli tartib-qoidalardir. Qozog‘istonda oligarxik kapitalizm davri yakunlanib, mamlakat fuqarolari oldida ijtimoiy mas’ullik davri boshlanmoqda», – deb uqtirgan Qozog‘iston rahbari.
Q.To‘qayev joriy yil 1 sentyabr kuni parlament minbaridan yo‘llagan murojaatida mamlakatdagi har bir oila milliy boyliklardan tegishli ulushini olishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Avvalroq esa u yangi Qozog‘istonni barpo etishga doir katta siyosiy islohotlar dasturini e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter