Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev yangi hukumatga murojaat qildi

To‘qayev yangi hukumatga murojaat qildi

2024-yil 7-fevral kuni davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston bosh vaziri O‘ljas Bektenov boshchiligidagi yangi hukumat tarkibiga murojaat qildi.

Prezident hukumat yetarlicha vakolatlar olganini ta’kidladi.

«Bu imkoniyatlardan to‘liq foydalaning, tezda kerakli qarorlar qabul qiling. Bugun men keng ko‘lamli dolzarb masalalarni aytib o‘tdim, lekin ular bundan ham ko‘p. Hukumat zudlik bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirishga kirishishi kerak. Umuman olganda, tub islohotlar iqtisodiyotning barcha sohalarida zarurdir», dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston hukumatining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda butun dunyo og‘ir tarixiy davrni boshidan kechirmoqda.

«Biz zamon bilan hamnafas — tez va qat’iy harakat qilishimiz kerak. Quruq so‘zlarga vaqt sarflagandan ko‘ra, aniq harakatlar olib borishimiz va siyosiy mas’uliyat ko‘rsatishimiz kerak. Har bir kunning qadrini bilish, barcha imkoniyatlardan foydalanish zarur. Global raqobatbardoshlik poygasidan ortda qolmaslik uchun davlat va jamiyat o‘z intilishlarida hamjihat bo‘lishi kerak. Biz ilg‘or millat sifatida faqat oldinga qarashimiz lozim», deydi Qozog‘iston rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring