Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘arbning to‘rt yetakchisi Kiyevga keldi

G‘arbning to‘rt yetakchisi Kiyevga keldi

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kru va Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen Kiyevga keldi.

To‘rt nafar yetakchi Polshadan poyezdda Ukraina poytaxtiga yetib borgan. Bu tashrif bilan ular Ukraina bilan birdam ekanini bildirish niyatida.

Avvalroq «Yettilik» guruhi (Katta yettilik) davlatlari rahbarlari 24 fevral kuni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma bayonotni muhokama qilishi xabar qilingandi.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati Yevropa Ittifoqining mudofaa fondini to‘ldirish bo‘yicha kelishuv tuzishni va Ukraina uchun o‘q-dorilarni birgalikda xarid qilishni kelishib olishni rejalashtirmoqda.

21 fevral kuni Yevropa Ittifoqi elchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketi bo‘yicha kelishib oldilar. Aniqlanishicha, 200 ga yaqin yuridik va jismoniy shaxslar sanksiyalar ro‘yxatiga kiritiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring