Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp 12 mamlakat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqladi

Tramp 12 mamlakat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqladi

Foto: Oq uy

Prezident Donald Tramp 12 mamlakat fuqarolarini AQShga kiritmaslik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar berdi CBS News telekanali.

Quyidagi mamlakatlar fuqarolari AQShga kiritilmaydi: Afg‘oniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman.

Shuningdek, yetti mamlakat fuqarolari uchun Qo‘shma Shtatlarga kirishda qisman cheklovlar joriy etiladi: Burundi, Kuba, Laos, Serra-Leone, Togo, Turkmaniston va Venesuela.

Cheklov AQSh xavfsizligini ko‘zda tutib joriy etilayotgani aytilmoqda. «Qora ro‘yxat»dagi mamlakatlarda odamlar tegishlicha tartibda tekshirilmasligi va muddati o‘tib ketgan vizalar ko‘pligi ta’kidlanadi. Farmonda istisnolar ham bor: ikki fuqaroligi bor shaxslar, xorijlik diplomatlar, sportchilar va yana ayrim toifalar uchun cheklov yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring