Tramp AQSh tarixidagi eng katta xato nima ekanini ma’lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Jorj Bush rahbarligida AQSh qo‘shinlarining Yaqin Sharqqa kirgani Amerika tarixidagi eng katta xato ekanini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.ru». Tramp ushbu so‘zlarni «Hill.TV» telekanaliga intervyu bera turib aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Amerika qo‘shinlarini Yaqin Sharqdan olib chiqib ketish bo‘yicha qaror qabul qilgani ham xato bo‘lgan.
«Biroq o‘sha yerda paydo bo‘lishning o‘zi eng katta xato bo‘lgan», – degan Tramp.
Amerika rahbari o‘z fikrida davom etib, bu qaror 7 trillion dollar zarar keltirgani va millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lganini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter