Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp: AQSh va Yaponiya «tarixdagi eng yirik» savdo bitimiga kelishdi

Tramp: AQSh va Yaponiya «tarixdagi eng yirik» savdo bitimiga kelishdi

Ishiba va Tramp Oq uyda, 2025-yil 7-fevral.

Foto: Getty Images

Prezident Donald Tramp AQSh va Yaponiya «tarixdagi eng yirik» savdo bitimiga kelishganini e’lon qildi.

Buning asosida Yaponiya mahsulotlariga 15 foizlik boj joriy etiladi. Avvalroq Tramp, bitimga erishilmasa, Yaponiyaga 1-avgustdan 25 foizlik boj solinadi, deya tahdid qilgandi.

«Biz hozirgina Yaponiya bilan ulkan kelishuvga erishdik, ehtimol, bu tarixdagi eng yirik bitim bo‘lishi mumkin», — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Trampning aytishicha, shu kelishuv asosida Yaponiya «uning ko‘rsatmasi bilan» AQShga 550 mlrd dollar investitsiya kiritadi. AQSh foydaning 90 foizini olishini ta’kidlagan Tramp tafsilotlarni ochiqlamagan.

Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba bunga javoban Tramp e’lon qilgan kelishuvni izohlashdan oldin uning tafsilotlarini o‘rganib chiqishim kerak, dedi.

«Muzokaralar natijalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, toki biz muzokaralar va kelishuv tafsilotlarini batafsil o‘rganib chiqmagunimizcha, men bu borada bir narsa deya olmayman», — dedi u Tokioda jurnalistlarning savollariga javoban.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring