Tramp Baydenning trapda yiqilishini izohladi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp samolyot trapida prezident Jo Bayden bilan bo‘lgan voqeaga izoh berdi. Nutqining bir qismi «TikTok»ga joylangan.
«Men Jo Baydenning trapdan ko‘tarilayotganini ko‘rdim va «Men unga yutqazmadim», deb aytdim», — deb yozadi Tramp.
AQSh prezidenti Jo Bayden samolyotga ko‘tarilayotgan paytda uch marta qoqilib yiqilib tushgani ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Oq uy hodisaga kuchli shamol sabab bo‘lganini, prezident o‘zini juda yaxshi his qilayotganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter