Tramp BMT minbarida: AQSh rahbari qator keskin bayonotlar berdi

Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi ochildi. Unda nutq so‘zlagan Oq uy rahbari Donald Tramp minbardan bir qator rezonansli bayonotlar berdi, biroq nutqini texnik nosozliklar haqida shikoyat qilishdan boshladi:
"Suflyor ishlamayapti. Men bu nutqni usiz aytishga qarshi emasman."
Trampning ta’kidlashicha, bu unga yanada samimiy gapirish imkonini beradi, lekin nosozlikni keltirib chiqarganlar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Amerika yetakchisining nutqidagi asosiy fikrlar:
— Tramp yettita uzoq davom etgan urushni, jumladan Kambodja va Tailand, Kosovo va Serbiya, Kongo va Ruanda, Pokiston va Hindiston, Isroil va Eron, Misr va Efiopiya, Armaniston va Ozarbayjondagi mojarolarni tugatganini da’vo qildi.
"Ba’zilar meni Nobel mukofotiga loyiq deb aytishadi, lekin katta mukofot bu bolalar o‘sib ulg‘ayadi, chunki qotillik va shafqatsiz urushlar tugaydi", dedi u.
— BMT ulkan salohiyatga ega, lekin buni amalga oshirmayapti. Qo‘shma Shtatlar BMTdan bor-yo‘g‘i "ikkita sovg‘a - singan eskalator va suflyor" oldi.
—Agar Tramp prezident bo‘lganida Ukrainadagi urush bo‘lmasdi. Bu Baydenning urushi. "Hamma Rossiya uch kun ichida bu urushda g‘alaba qozonadi deb o‘ylagan edi, lekin bu sodir bo‘lmadi. Bu shunchaki kichik to‘qnashuv bo‘lishi kerak edi. Bu Rossiyaning obro‘sini oshirmaydi. Bu uni yomon ko‘rsatmoqda".
- Yevropa Rossiyaga qarshi kurasha olmaydi va uning energiya resurslarini sotib olishda davom eta olmaydi - "bu uyat".
— Xitoy va Hindiston Rossiya neftini sotib olgani uchun urushning asosiy homiylari hisoblanadi. NATOning hamma davlatlari ham Rossiya mahsulotlaridan voz kechmagan. Ular Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishlari kerak, shunda urush to‘xtaydi.
- Eron yadro quroliga ega bo‘la olmaydi. Agar yadroviy rivojlanish davom etsa, dunyo tugaydi va BMT endi mavjud bo‘lmaydi. Tramp barcha mamlakatlarni biologik va yadroviy qurol ishlab chiqarishni bir marta va butunlay to‘xtatishga chaqirdi.
— AQSh Rossiya urushni tinch yo‘l bilan hal qilishdan bosh tortsa, unga nisbatan “katta bojlar” joriy etishga tayyor.
— G‘azodagi urush zudlik bilan yakunlanishi, terrorchilar tomonidan garovga olinganlarning hammasi ozod etilishi kerak. Hamas uchun Falastinni tan olish juda qimmat sovg‘a, deydi AQSh rahbari
— Tramp" energiya inqirozi va migratsiya tufayli vayron bo‘layotgan" Yevropa taqdiridan xavotirda.
— Yashil energiya - bu "aldash", iqlim o‘zgarishi haqidagi ogohlantirishlar esa "eng katta firibgarlik".
Eslatib o‘tamiz, Bu Trampning 2020 yildan beri Bosh Assambleya podiumidagi birinchi nutqi sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter