Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp dunyodagi eng xavfli shaharni tilga oldi

Tramp dunyodagi eng xavfli shaharni tilga oldi

Foto: Reddit

AQSh prezidenti Donald Tramp Chikagoni dunyoning eng yomon va eng xavfli shahri, deb atadi.

«Chikago dunyodagi eng qo‘rqinchli va xavfli shahar. Illinoys shtati gubernatori Jey Pritsker yordamga juda muhtoj, ammo o‘zi buni bilmaydi», deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

AQSh prezidentining ta’kidlashicha, so‘nggi dam olish kunlari Chikagoda kamida 54 kishi o‘qotar quroldan yaralangan, sakkiz kishi halok bo‘lgan. U shahardagi vaziyat zudlik bilan aralashuvni talab qilishini ta’kidlab, u yerga xavfsizlikni qaytarishga va’da berdi.

«Men Vashingtonda qilganimdek, jinoyatchilik muammosini tezda hal qilaman. Chikago tez orada yana xavfsiz shaharga aylanadi», — deya xulosa qildi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, 13-avgust kuni Pentagonning 800 askari jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun Vashingtonga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring