Tramp kelasi haftadan koronavirusga qarshi emlash boshlanishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Trampga ko‘ra, kelasi haftadan mamlakatda koronavirusga qarshi emlashni boshlanadi. U Jorjiya shtatidagi tarafdorlari qarshisida so‘zlagan nutqida bu haqda bayonot berdi.
Tramp bayonotining videoyozuvi Tvitterda mavjud.
Avvalroq Moderna koronavirusga qarshi emlash kompaniyasi, shuningdek, Pfizer AQSh hukumatiga mRNA-1273 preparatidan mamlakatda favqulodda foydalanish bo‘yicha so‘rov yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Pfizer mutasaddilarining ta’kidlashicha, vaksina 95 foizga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Ayni damda Qo‘shma Shtatlar koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter