Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Mask bilan matbuot anjumani o‘tkazadi

Tramp Mask bilan matbuot anjumani o‘tkazadi

AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni milliarder Ilon Mask bilan matbuot anjumani o‘tkazishini e’lon qildi.

«Ertaga sharqiy sohil vaqti bilan 13:30 da (Toshkent vaqti bilan 22:30) Ilon Mask bilan Oq uyda matbuot anjumani o‘tkazamiz. Bu uning rasmiy lavozimdagi oxirgi kuni bo‘ladi. Ammo bu butunlay xayrlashuv emas — u har doim biz bilan bo‘ladi va bizga yordam beradi. Ilon — ajoyib inson! Ertaga Oq uyda ko‘rishamiz», — deb yozgan Tramp.

Ilon Mask esa avvalroq o‘zining AQSh ma’muriyatidagi vakolati yakunlanayotganini bildirib, Trampga minnatdorlik izhor etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring