Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp maxsus vakilining Rossiyaga tashrifi sanasini ma’lum qildi

Tramp maxsus vakilining Rossiyaga tashrifi sanasini ma’lum qildi

© AP Photo / Alex Brandon

Bu yil boshidan buyon Stiv Uitkoffning Rossiyaga to‘rtinchi tashrifi bo‘ladi.

AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff 6 yoki 7 avgust kunlari Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Amerika prezidenti Donald Trapm ma’lum qildi.

“O‘ylaymanki, u Rossiyaga kelasi hafta, chorshanba yoki payshanba kuni borishi mumkin”, - dedi Oq uy rahbari.

Bu yil boshidan buyon Uitkoffning Rossiyaga to‘rtinchi tashrifi bo‘ladi. Oxirgi marta AQSh prezidentining maxsus vakili tashrif bilan Rossiyada 11 va 26 aprel kunlari bo‘lgandi. O‘shanda u Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Sankt-Peterburgda uchrashib, Ukraina mojarosini hal qilish yo‘llarini muhokama qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring