Tramp Netanyahuga davom etishni maslahat berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp bugun matbuotga bergan intervyusida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga har kuni qo‘ng‘iroq qilishini aytdi.
Amerika prezidenti Isroil bosh vaziriga Eronga qarshi siyosatini davom ettirishni maslahat berganini aytdi.
"Men Netanyaxuga aytdim: davom eting", deya ta’kidladi Tramp. Shu bilan birga, u Isroil bosh vazirini ko‘proq harbiy yordam ko‘rsatishiga ishontirishga tayyor emasligini ta’kidladi.
Donald Tramp, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka kirishi mumkinligini aytdi.
"Men buni qila olaman, qilmasligim ham mumkin. Nima qilishimni esa hech kim bilmaydi", - dedi u jurnalistlarning savoliga javoban.
18-iyun kuni ABC News telekanali AQSh ma’muriyatidagi manbalariga tayanib, yaqin ikki kun ichida qaror qabul qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. The New York Times gazetasining yozishicha, agar Vashington Eronga qarshi harbiy operatsiyaga qo‘shilsa, Tehron AQShning Yaqin Sharqdagi bazalariga raketa zarbalari beradi. Gazeta manbalari Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashga harakat qilishini istisno etmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter