Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp noqonuniy muhojirlar deportatsiyasida armiyadan foydalanmoqchi

Tramp noqonuniy muhojirlar deportatsiyasida armiyadan foydalanmoqchi

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishda armiyani jalb etmoqchi.

Amerikalik konservativ faol Tom Fitton «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga bu haqda yozganidan so‘ng Tramp uning postini o‘z sahifasiga ulashgan va «Haqiqat!» deya qisqa izoh yozgan. 

«Xabar qilishlaricha, kelayotgan Tramp jamoasi mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishga tayyor va bunda ommaviy deportatsiya dasturi orqali Bayden bosqini (Bayden ma’muriyati noqonuniy migrantlarning mamlakatga kirib kelishiga yo‘l qo‘yganlikda ayblanadi, -tahr.)ni to‘xtatish uchun armiyadan foydalaniladi», – deb yozgan edi Tom Fitton.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring