Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp o‘zi joriy etgan bojdan 500 mln dollar zarar ko‘rdi

Tramp o‘zi joriy etgan bojdan 500 mln dollar zarar ko‘rdi

Foto: Wikimedia/Gage Skidmore

AQSh prezidenti Donald Tramp dunyoning aksariyat mamlakatlari importiga boj solganidan so‘ng, uning shaxsiy boyligi 500 mln dollarga qisqardi, deb yozdi Forbes.

Trampning boyligi 4,7 mlrd dollardan 4,2 mlrd dollarga tushdi yoki 10 foiz yo‘qotishga uchradi. Xususan, Trump Media and Technology Group qiymatining 8 foizini va 170 mln dollarini yo‘qotdi.

Shuningdek, Trampning ko‘chmas mulk va xizmatlar sohasidagi kompaniyalari ham zarar ko‘rgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring