Tramp Rossiyani urushni to‘xtatishga majbur qiladigan sababni aytdi

Donald Tramp Rossiyani urushni to‘xtatishiga majbur qiladigan omilni aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp neft narxining “bir barrel uchun 10 dollarga” tushishi Rossiyani Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga majbur qilishi mumkinligini aytdi.
"Agar bir barrel neft yana 10 dollarga tushsa, uning (Vladimir Putin — tahr) boshqa iloji qolmaydi. Iqtisodiyot allaqachon og‘ir ahvolda", — dedi Tramp CNBC News telekanaliga.
Shuningdek, u 24 soat ichida Hindistonga bojlarni "juda sezilarli darajada" oshirishini e’lon qildi, chunki mamlakat Rossiya neftini sotib oladi. Va u, agar Amerika iqtisodiyotiga sarmoya kiritish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa, YeIga ham 35 foizlik bojlar joriy etishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp Rossiyaga 8 avgustgacha muhlat bergan. Shu vaqt ichida urush to‘xtamasa, mamlakatga qarshi sanksiyalar kiritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter