Tramp Rossiyaga berilgan muhlatni qisqartirdi. Endi nima bo‘ladi?

Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun Putinga bergan 50 kunni qisqartirdi va 10-12 kun berishini aytdi.
- Prezident Vladimir Putindan juda hafsalamiz pir bo‘ldi, — deya Donald Tramp so‘zlarini keltiradi Reuters.- Men unga bergan 50 kunni qisqartiraman, — qo‘shimcha qildi Tramp. AQSh prezidenti keyinroq bu muddat 10-12 kunni tashkil etishini aytgan.
Tramp 14-iyul kuni Moskvani Ukrainadagi mojaroni 50 kun ichida hal qilishga chaqirdi va bu muddat ichida kelishuvga erishilmasa, “juda qattiq tariflar” joriy etish bilan tahdid qildi.
Donald Tramp avvalroq Shotlandiyaga tashrif buyurdi. Bugun u Buyuk Britaniya Bosh vaziri Key Starmer bilan uchrashadi.
- O‘ylaymanki, bugundan boshlab 10-12 kun bo‘ladi, — Donald Tramp jurnalistlar savoliga. Tramp Rossiya prezidentiga 50 kun muhlat berib, Putinga juda saxiylik qilganini qo‘shimcha qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter