Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Rossiyaga muhlat berdi

Tramp Rossiyaga muhlat berdi

Foto: Reuters.

AQSh prezidenti Donald Tramp 50 kun ichida Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishini aytdi. Bu Ukraina kelishuvida hech qanday siljish bo‘lmasa sodir bo‘ladi

Unga ko‘ra, AQSh Rossiya va uning savdo hamkorlariga nisbatan 100 foizlik import bojlarini joriy qiladi.

"Umid qilamanki, bungacha yetib bormaydi", dedi prezident Donald Tramp Ukraina kelishuvida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmagan taqdirda Rossiyaga bojlar joriy etilishi mumkinligi haqida. 

Tramp Qo‘shma Shtatlar Ukrainada barqaror tinchlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. 

 Amerika yetakchisi, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilish zarurligiga ishonchi komil emasligini, biroq ikkilamchi tariflarni joriy etish Kongress tomonidan ma’qullanishi talab qilmasligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni yana boshlamoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring