Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Suriyaga qarshi 2004 yildan beri amalda bo‘lgan iqtisodiy sanksiyalarini bekor qilish haqidagi farmonni imzoladi. Oq uy bu qarorni «barqarorlik va tinchlik sari qadam» ekanligini aytdi.
«Qo‘shma Shtatlar barqaror, birlashgan, o‘zi va qo‘shnilari bilan tinchlikda bo‘lgan Suriyani qo‘llab-quvvatlash tarafdori. Terrorchi tashkilotlar uchun xavfsiz boshpana bo‘lmagan, diniy va etnik ozchiliklar xavfsizligini ta’minlovchi birlashgan Suriya mintaqaviy xavfsizlik va farovonlikni qo‘llab-quvvatlaydi», - deyiladi qaror matnida.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiyaga qochgan Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad, uning oila a’zolari va ag‘darilgan rejim tarafdorlariga qarshi sanksiyalar o‘z kuchida qolmoqda.
Amerika yetakchisi may oyi o‘rtalarida Ar-Riyodda Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shara bilan uchrashishdan oldin Damashqqa nisbatan sanksiyalarni bekor qilish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.
Oq uy Suriyaning yangi rasmiylari harakatlarini, jumladan, «Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishini» kuzatib borishini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter