Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp ta’lim vazirligini tugatishga farmon berdi

Tramp ta’lim vazirligini tugatishga farmon berdi

Foto: Brian Snyder/Reuters

Prezident Donald Tramp AQSh ta’lim vazirligini tugatish boshlanganligi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Hujjatni imzolarkan, Tramp ushbu farmon bilan ta’lim vazirligini «uzil-kesil» tugatish boshlanishini ta’kidladi.

Tashkil topganiga 45 yil bo‘lgan ta’lim vazirligi, bir o‘quvchiga hisoblaganda, ta’limga istalgan davlatdan ko‘p pul sarflamoqda, biroq Qo‘shma Shtatlar «muvaffaqiyat nuqtai nazaridan ro‘yxatning eng oxirida turibdi», dedi Tramp.

Avvalroq Oq uy bosh kotibi Kerolayn Levitt ta’lim vazirligini bolalar ta’limiga ziyon yetkazib, soliq to‘lovchilarning pullarini o‘g‘irlashda ayblagandi. Uning ta’kidlashicha, federal ta’lim vazirligi tashkil topgan 1979-yildan buyon uning faoliyati uchun 3 trln dollardan ko‘p mablag‘ sarflangan.

Mamlakatda ta’lim boshqaruvi shtatlar ixtiyoriga qaytariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring