Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqib ketish bilan tahdid qildi

Agar tomonlardan biri jarayonni sabotaj qila boshlasa, AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarda qatnashishni to‘xtatadi. Bu haqda Amerika prezidenti Donald Tramp ma’lum qilgan.
«Agar biron sababga ko‘ra tomonlar muloqotni sabotaj qilsa, biz bu vazifadan voz kechamiz», dedi Tramp.
Shu bilan birga, u Vashington bunday qadam tashlanmasligiga umid bildirdi.
«Rossiya vaqt to‘xtatib qo‘yyaptimi yoki yo‘qmi, tez orada oydinlashadi. Biz inqiroz tugashini istaymiz», deb ta’kidladi siyosatchi.
18-aprel kuni Davlat kotibi Marko Rubio, agar kelishuv uchun aniq imkoniyat bo‘lmasa, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni bir necha kun ichida hal qilish uchun vositachilik qilish harakatlaridan voz kechishi mumkinligini aytdi.
Shuningdek, juma kuni Bloomberg o‘z manbalariga tayanib, Parijdagi muzokaralarda Amerika delegatsiyasi yaqin bir necha hafta ichida Ukrainada to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga erishish maqsadini belgilaganini xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Trampning vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Ammo muzokaralarda siljish kuzatilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter