Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va’dasining ustidan chiqdi: «Devor» bitdi

Tramp va’dasining ustidan chiqdi: «Devor» bitdi

Foto: EPA

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp ertaga, 12- yanvar kuni Texas shtatiga tashrif buyurib, Meksika bilan chegarada qurilgan devorning ochilish marosimida qatnashadi.

Davlat rahbarining ushbu rejasi haqida Oq uy vakili Jadd Dir ma’lum qildi.

Alamodagi marosimda Tramp, nihoyat o‘z savlovoldi kampaniyasida va’da qilingan, mamlakat immigratsiya tizimini isloh qilish doirasidagi uzunligi 400 mildan ziyod chegara devorini qurib bitkazganini e’tirof etishi kutilmoqda. Davlat g‘aznasidan juda ko‘p mablag‘ sarflangan va ancha tanqidlarga uchragan ushbu devor matbuotda «Tramp devori» nomini olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring