Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Venesuela osmoni yopilganini e’lon qildi

Tramp Venesuela osmoni yopilganini e’lon qildi

Illyustrativ foto

«Barcha aviakompaniyalar, uchuvchilar, giyohvand moddalar va odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar, iltimos, Venesuela va uning atrofidagi havo kengliklari to‘liq yopilganini inobatga oling. Ushbu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur!», — AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi navbatdagi postida shu jumlalarni joylashtirdi.

O‘tgan hafta Vashington Venesuela qirg‘oqlariga dunyodagi eng kuchli va zamonaviy «Jerald Ford» aviatashuvchisini yubordi, undan oldinroq esa Puerto-Riko hududida Amerika harbiylari desant tushirish va strategik bombardimonchi samolyotlar zarbalarini imitatsiya qiluvchi mashg‘ulotlar o‘tkazgandi.

Shuncha harakat narkotrafikka qarshi kurashish shiori ostida kechmoqda, ammo AQShning asl maqsadi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darishdir, deyishmoqda ekspertlar.

Buni yaxshi tushungan Maduro noyabr oyi boshida quruqlik, dengiz, havo va raketa qo‘shinlarining keng ko‘lamli safarbarligini e’lon qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring