Tramp xorijliklarga 5 mln dollarlik «oltin karta»larni taklif qilyapti

Tramp AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi 5 million dollarlik «oltin karta»lar sotilishini e’lon qildi.
Bu haqda Oq uy rahbari OAVga 25-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan. Taklif qilinayotgan yangi dastur amalda mavjud EB-5 investitsiya ruxsatnomasi vizalarini almashtirishi mumkin.
Qayd etilishicha, bu «ko‘p soliq to‘laydigan, ko‘p odamlarga ish beruvchi, boy va muvaffaqiyatli» xorijliklarga mo‘ljallangan bo‘lib, 5 million dollarga tushadi.
AQSh prezidenti, shuningdek, rossiyalik oligarxlarga «oltin karta»lar berishni istisno etmagan va ular orasida «juda yaxshi odamlar» borligiga shama qilgan. U rejalashtirilayotgan dastur bo‘yicha ruxsatnoma oluvchilarning mumkin bo‘lgan sonini 1 million kishiga baholamoqda.
AQSh Savdo vaziri Govard Lutnikning aytishicha, oltin karta dasturi ikki hafta ichida ishga tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, EB-5 investitsiya ruxsatnomasi vizalari 1990 yilda joriy qilingan bo‘lib, nomzodlar kamida 10 kishi ishlaydigan AQSh kompaniyasiga taxminan 1 million dollar sarmoya kiritish lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter