Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning asosiy raqibi poygani tark etdi

Trampning asosiy raqibi poygani tark etdi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Nikki Xeyli prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi. Bu haqda u Charlstondagi (Janubiy Karolina) nutqida ma’lum qildi, deya xabar beradi Fox News.

«Men amerikaliklar ovozini eshitishni istadim. V buni bajardim. Endi hech narsadan afsuslanmayman. Va endi nomzod bo‘lmasam ham, ishongan narsam uchun ovozimdan foydalanishni to‘xtatmayman», dedi Xeyli.

Bungacha «Wall Street Journal» Xeylining rejalari haqida xabar bergan edi.

6 mart kuni bo‘lib o‘tgan «superseshanba»da AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va amaldagi davlat rahbari Jo Bayden aksariyat shtatlardagi praymerizlarda g‘olib chiqqani haqida xabar berildi. Ushbu ikki nomzod prezidentlik kursisi uchun kurashishi deyarli aniq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Nikki Xeyli avval Janubiy Karolina shtati gubernatori va AQShning BMTdagi maxsus vakili sifatida faoliyat yuritgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring