Trampning boji Yevropani Xitoy bilan yaqinlashtirishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp import uchun yangi tariflarni joriy etishiga javoban, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Yevroittifoqni Xitoy bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga chorladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
«Savdo urushida hech kim yutmaydi. Barcha mamlakatlar, ayniqsa, ishchi va o‘rta sinfga qiyin bo‘ladi», — dedi u.
Pedro Sanchesning fikricha, Vashingtonning xatti-harakatlari Yevropaning yangi sheriklarni topishga yondashuvini o‘zgartirishi zarur. Siyosatchi yangi voqelikka moslashish, jumladan, Xitoyga munosabatni o‘zgartirishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter