Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning iqtisodiy islohotlari dollar kursining keskin oshishiga olib kelishi mumkin

Trampning iqtisodiy islohotlari dollar kursining keskin oshishiga olib kelishi mumkin

Foto: 24 Kanal

AQSh prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qozongan Donald Tramp dollarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazajak iqtisodiy siyosat «qolgan dunyoni larzaga solishi mumkin». Bu haqda The Economist nashri yozmoqda.

Trampning iqtisodiy islohotlari dollar kursining keskin oshishiga olib kelishi mumkin.

Tahlilchilar va treyderlarning fikricha, Trampning yangi ma’muriyati davrida soliqlar kamaytirilishi hisobiga AQSh kompaniyalari olayotgan foyda yildan-yilga oshib borishi kutilmoqda. Shuning barobarida, nashr Federal zaxira tizimi yuqori foiz stavkasini ushlab turishi mumkinligini ham inkor etmayapti.

Dollar kursining o‘ynab turishi ikki omil: savdo-sotiq va moliya ko‘rinishida «jahon iqtisodiyotiga zarba» bo‘lishi mumkin. Katta qismi AQSh bilan bog‘lanmagan jahon bozoridagi savdo-sotiqning 40 foizi dollarda amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring