Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkistonda asalarilar ommaviy nobud bo‘lmoqda

Turkistonda asalarilar ommaviy nobud bo‘lmoqda

Asalarichilar umumiy zararni to‘qqiz million tengega baholamoqda.

Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi Shardara asalari uyalari egalari hashorotlarning ommaviy nobud bo‘lgani haqida xabar berishdi. Asalarichilarning so‘zlariga ko‘ra, shaharda kanaga qarshi dorilash boshlanishi haqida ogohlantirilmagan. Kimyoviy moddalar sepilganligi sababli, boshqa hasharotlar ham o‘lishni boshladi. Shaharning yigirmaga yaqin asalarichilari zarar ko‘rdi, deb xabar bermoqda «Janubiy Qozog‘iston» nashri.

Asalarichilar umumiy zararni to‘qqiz million tengega baholamoqda. Bundan tashqari, ular kuzgi asal hosilini sotishdan olinadigan 100 million tengeni yo‘qotishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring