Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiy davlatlarning ham NATOsi bo‘lishi kerak – diplomat

Turkiy davlatlarning ham NATOsi bo‘lishi kerak – diplomat

Hozirgi murakkab geosiyosiy sharoitda turkiy davlatlar o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun Shimoliy Atlantika ittifoqi (NATO) kabi tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda Qirg‘izistonning Ozarbayjondagi elchisi Kayrat Osmonaliyev Shusha shahrida tashkil etilgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) faoliyatiga doir xalqaro anjumanda gapirgan.

“Turkiy dunyoning xavfsizlik tizimini yaratish masalasini hal etish vaqti keldi. Unga ko‘ra, har bir mamlakat xavfsizligi butun mintaqamiz xavfsizligi kafolati bo‘lmog‘i lozim. Dunyoda mavjud muqobil tuzilmalarga muqoyasa etsak, Turkiy davlatlar tashkiloti turkiylarning Yevropa Ittifoqidir. Demak, istiqbolda mudofaa ittifoqi sifatida turkiylar NATOsi yoki turkiylar KXShTini tashkil etish haqida o‘ylashimiz kerak”, – deydi diplomat.

TDTga Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya a’zo, Vengriya hamda Turkmaniston esa kuzatuvchi davlat maqomida.  Hozirda TDT 170 million nufus hamda 4,2 million kvadrat kilometrga cho‘zilgan muhim geosiyosiy hududga ega. A’zo davlatlarning global iqtisodiyotdagi o‘rni oshib bormoqda. TDT yalpi ichki mahsuloti 1,4 trillion dollarni tashkil etmoqda.

Dunyoda beqarorlik kuchayib borayotgan pallada Yaqin Sharq mamlakatlari uchun ham NATO kabi harbiy tuzilmaga asos solish tashabbusi ilgari surilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring