Turkiya 2025-yilning ilk choragida turizmdan rekord darajada daromad oldi (fotoreportaj)

Turkiya 2025-yil 1 chorak turizm natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Turkiya 2025-yilning 1-yanvaridan 31-martgacha 8,844 million xalqaro sayyohni qabul qildi va turizmdan rekord daraajadagi 9,5 milliard dollar daromad oldi. Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Istanbulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakatning birinchi chorakda eng yaxshi ko‘rsatkichga erishganini ma’lum qildi.
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining turizm ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya 2024-yilda dunyoning to‘rtinchi eng katta turizm bozori sifatida qayd etildi. O‘tgan yili dastlab 60 million xalqaro sayyohni qabul qilishni maqsad qilgan edik, lekin yilni rekord darajadagi 62,2 million kishi bilan yakunladik. Maqsadimiz 2025-yil oxirigacha 65 million sayyohni qabul qilish va turizmdan 64 milliard dollar daromad olishdir. Aprel va undan keyingi davrlardan kutilgan natijalar va 2025-yilning dastlabki uch oyida turizmda daromadimizning 5,6 foizga oshishi maqsadlarimizga erishish yo‘lida ekanligimizdan dalolatdir”,- dedi Mehmet Nuri Ersoy.
2025-yilning dastlabki uch oyida 733 ming eronlik, 601 ming rus, 572 ming nemis, 560 ming bolgar va 304 ming ingliz fuqarosi Turkiyaga tashrif buyurdi. Bu ziyoratchilar Turkiyada o‘rtacha 11 kecha qolib, bir kechaga taxminan 98,90 AQSh dollari sarflagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter