Turkiya deputatlari budjet muhokamasi vaqtida mushtlashdi
Kecha, 6-dekabr kuni Turkiya parlamenti deputati parlamentda mamlakatning 2023 yilgi budjetini muhokama qilish chog‘ida chiqqan mushtlashuv oqibatida boshidan jarohat olib kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda «Sputnik Turkiya» xabar berdi.
«Budjet muhokamalarining ikkinchi kunida parlament umumiy yig‘ilishida keskinlik yuzaga keldi. Deputatlar o‘rtasidagi og‘zaki janjal mojaroga aylanib ketdi. “Iyi” (Yaxshi) partiyasi a’zosi Husayn O‘rs mushtlashuv vaqtida boshidan jarohat olib kasalxonaga yotqizildi», deyiladi xabarda.
Yig‘ilishga raislik qilgan parlament vitse-spikeri Haydar Akar bu bahsdan so‘ng yig‘ilishni 10 daqiqaga to‘xtatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter