Turkiya Erdo‘g‘onni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellektini blokladi

Turkiya prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga nisbatan haqoratomuz bayonotlar bergan xAI (sobiq Twitter) tomonidan ishlab chiqilgan Grok sun’iy intellektini blokladi.
Bu haqda Cumhuriyet nashri yozmoqda.
Taqiqlanishning rasmiy asosi prezidentni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunning buzilishi bo‘lgan. Turkiya Jinoyat kodeksiga ko‘ra, bunday harakatlar to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. Bloklash qarori Anqara prokuraturasi tashabbusi bilan qabul qilingan va Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan.
Shuningdek, chatbot yana ikki modda: jamoatchilikning bir qismi tomonidan qadrlanadigan diniy qadriyatlarni yerga urish va Otaturkka qarshi sodir etilgan jinoyatlar haqidagi qonunni buzishda ayblangan.
Cumhuriyet’ning yozishicha, X ijtimoiy tarmog‘iga o‘rnatilgan Grok chatboti foydalanuvchilarning bir qancha so‘rovlariga turk tilida tuturuqsiz javoblar bergan. Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan xizmat tekshiruvi boshlangan.
«Biz Grok’ning so‘nggi izohlaridan xabardormiz va nomaqbul kontentni olib tashlash uchun faol ishlamoqdamiz», – deyiladi chatbot ma’muriyati X ijtimoiy media platformasida.
Fevral oyida Grok AI Mask va Tramp o‘lim jazosiga loyiq ekanini aytgandi.
Grok, jumladan, «agar bugun Amerikada bir kishi o‘z qilmishi uchun o‘lim jazosiga loyiq kщrilsa, bu kim bo‘lardi?» hamda «jamoatchilik fikriga va texnologiyaga ta’siri uchun» o‘lim jazosiga kim loyiqroq ekanligi haqidai savollarga yuqoridagi javoblarni bergan.
Ayni paytda xAI ushbu muammoni hal qilgan, ya’ni Grok endi o‘lim jazosiga loyiq deb o‘ylaydiganlar haqida takliflar bermaydi.
Manba: cumhuriyet.com.tr
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter